Akademik Baxtiyor NAZAROV: "MOHIYATGA MUHABBAT" Ədəbi əlaqələr, Orta Asiya 26 марта 2019 1İbrohim Haqqulning ilmiy chirog‘i kuchini ko‘rsatadigan quvvat manbalari rang-barang va sermiqyos. Ular–ulkan SHarq adabi-yoti tarixi hamda uning buyuk namoyondalari ijodi; mumtoz o‘zbek adabiyoti; tasavvuf va adabiyot; Alisher Navoiyning poetik saltanati; XX asr o‘zbek adabiyoti masalalari hamda un-dagi ayrim so‘z ustalarining asarlari. XX asrning so‘ngi chora-gidagi o‘zi faol a’zosi bo‘lgan adabiy jarayon va mustaqillik insholarini boshlab berishda faolllik ko‘rsatgan avangard yosh-lar ijodi; bu yo‘nalishda adabiy tanqid ilmida alohida – musta-qil deb atashga munosib bo‘lgan suhbat janrida namoyon bo‘l-gan chiqishlar; men bular qatoriga XX asrning dastlabki 20 yil-ligida ko‘zga tashlangan va Istiqlol zamonining samaralari sifatida baholana oluvchi – O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Ka-mol bilan ijodits tandem – hamkorlik natijasida yuzaga kelgan tadqiqot maqolalar va nihoyat, Ovro‘pa va G‘arb adabiyoti na-moyondalari ijodi, asarlari tahliliga bag‘ishlangan maqolalar. Mening nazarimda shunday, yana boshqa kimdir bu masalani boshqacharoq talqin etar tahrir kiritar. Vaqt va hajm talablariga amal qilish lozimligi sababli bir kichik maqola doirasida ularning barchasini yoritib berish yoki ayimlaridan misol keltirib, tahlil etish, qiyin albatta, lekin, yuqorida e’tirof etilgan masalalarni uyg‘unlashtirgan holda yaxlit olib qaraganda Ibrohim Haqqulov qarashlarini birlashtirib turuvchi hususiyat-fazilat nimadan iborat deb so‘ralsa, men: mohiyatga muhabbat deb javob bergan bo‘lar edim. Zero, yuqorida e’tirof etilgan yo‘nalishlarning barchasida – ular alohida g‘azal tahliliga bag‘ishlangan bo‘ladimi, tasavvuf muammolarining u yoki bu qirralari o‘rni aniq bir shoir dunyoqarashida, asarida, uning badiiyati salmog‘i va ijtimoiy ahamiyatini aniqlashda, davradosh ijodkorlari asarlariga munosabat bildirish yoki kasbdoshlari, shogirdlari bilan u yoki bu suhbatda – ularning barchasida ko‘tarilayotgan muammoning tub sababi va oqibatlarini; san’at va mahoratning ildiz va yaproqlarini; muvaffaqiyat va kimchiliklarini ko‘rsatishda; o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad hamda o‘rganayotgan masala uyg‘unligiga daxldor bo‘lgan mohiyatni anglashga, ochib berishga, aniq dalillar bilan ko‘rsatib berishga harakat qilinadi. Uning biror bir maqolasida (u deyarli qirq kitob, to‘rt yuzdan ortiq maqolalar muallifi) “umumanchilik” yo‘q hisobi, u albatta biror masalani ko‘tarib chiqishga, yoritishga, hech bo‘lmaganda munosabat bildirishga harakat qiladi. Bu bilan men Ibrohim Haqqul barcha masalalarning mohiyatiga etib boradi va ochadi demoqchi emasman, lekin mohiyatga muhabbat nuri uning qarashlarida doimo yolqinlanib turadi. Atoqli ustoz Ozod SHarafiddinov Ibrohim Haqqulovga ochiq xat yozishga undagan sabablaridan biri ham shunda bo‘lsa kerak deb o‘ylayman. Bu ochiq xat menimcha faqat Ibrohim Haqqulovgagina emas, istak va da’vat, chorlov masalasida barchamizga yo‘llagan murojaat ham edi. 2 İbrohim Haqqulov qiziqishlari va izlanishlarining asosi o‘zimizga yaqin SHarq adabiyoti tarixi va uning tadqiqotlari merosidan kuch oladi. Bular Rudakiy, Rumiy, Attor, Firdavsiy, Nizomiy, Jomiy, Maxtumquli, Fuzuliy, Donish va boshqalar. Bu juda keng badiiy dunyoqarashlarida ko‘pdan ko‘p umumiylik va ayni vaqtda farq ham bisyor bo‘lgan dunyo. Buning ustiga ular haqida mana salkam ming yildan buyon va ayniqsa, so‘ngi yuz yillikda juda ko‘p yozilgan, asl – birlamchi manbalarga tayanib bisyor tadqiqotlar yozilgan dunyo. Bir xil badiiy san’atlar mo‘l ishlatilsa-da, ijtimoiy jihatdan bir-biriga yaqin masalalar ko‘tarilib, g‘oyalar ilgari surilsada, ijodkorlik va san’atkorlik nuqtai nazaridan o‘zaro farqlanib turadigan jihatlari oz emas. Ibrohim Haqqul bu san’atkorlar ijodi haqidagi izlanishlarida eng avvalo, o‘ziga e’tirof etilgan fikrlarni takrorlamaslikka harakat qiladi. Bu yo‘ldan ba’zi hamkasblari kabi chiqolmay qoladi emas. Ongli ravishda qochadi. Ma’lumki, yuqoridagi san’atkorlarning deyarli barchasi fors tilida ijod etishgan. Ibrohim Haqqulovning muvaffaqiyatlaridan birining siri ana shunda, u bu tilning yozma asoslarini ham, og‘zaki shaklini ham yaxshi o‘zlashtirgan. Qolaversa, o‘zbek va fors tilidan tashqari tojik, turk, rus tilini biladi. Ma’lum darajada ozarbayjon tilidan xabardor. YUqoridagi san’atkorlar ijodi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarning tadqiqotlari bilan muntazam ravishda tanishish ayrim mutaxassislar bilan ijodiy aloqada bo‘lishga imkon yaratadi. Bu unga o‘zigacha yozilgan ishlarni, birinchidan, takrorlamaslikka, ikkinchidan ularda san’atkorlar ijodiga tegishli yoritilmay qolgan qirralarga e’tibor berish va qator adabiy-badiiy muammolar yuzasidan asosli baxslar yuritishga imkon beradi. Ayni vaqtda, Eron, Afg‘oniston, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya va o‘zbek tilidan xabardor Ovro‘pa va g‘arb tilidagi mutaxassislar uning ishlariga munosabat bildirib turadilar.U.Parso, S.Hamsiev, Oybek, Olim SHarafuddinov, S.Hayxzoda, A.Hayitmetov, K.Mirzaev, Orasli va boshqa ustozlarga tayanadi, ulardan kuch oladi va binobarin o‘zi ham mustaqil qarashlar, fikrlarni ilgari suradi. U ayrim kasbdoshlar kabi tadqiq etayotgan asardagi ijtimoiy maqsad va mazmundagi qimmatni e’tirof etish bilan kifolanmaydi. To‘g‘ri, asarning u yo‘nalishdagi ahamiyati zarur. Lekin bu narsani u o‘tilgan yo‘l deb biladi va asardagi badiiy mahoratga shoirning san’atkorligiga bu narsalarning adib shuhratida o‘rnini, o‘ziga xosligini aniqlashga intiladi. Bu boradi u san’atkordagi go‘zallikni namoyon etishdagi mahoratga alog‘ida e’tibor beradi. Faririddin Attor haqida masalan, quyidagilarni yozadi: “nafosat insonni hamisha go‘zallikka – sabr-qanotga chorlaydi. Dunyoda eng mehr-shavqatli, himmati zo‘r favqulodda, mehribon, ruh va ko‘ngilni yaratib-yashnatuvchi qudrat – bu go‘zallik. SHuning uchun mutasavvuf hayot go‘zalligi bilan insonning asl mohiyatini yoritishga ilhomlantiruvchi ilohiy go‘zallikni o‘zaro uyg‘unlashtirgan. Faririddin Attor shu toifadagi ijodkorlarning sardori va piru murshidlaridan edi ”. Ibrohim Haqqulov shu vaqtgacha mashhur bo‘lib kelgan janrga mansub bo‘lgan asarlarning ham, yuqorida aytilganidek o‘rganilmagan muammolariga ahamiyat berishiga bundan deyarli 45 yil avval yozilgan ishlari ham dalil bo‘la oladi. Masalan, “Ruboiyda kompozitsiya va qofiya” maqolasida o‘zigacha qofiya haqida ko‘p gapirilgan va yozilgan bo‘lsa-da, endi ruboiyda uning kompozitsiyasi bilan aloqadorligi va umuman, kompozitsiya, deylik, roman kabi katta janrlardagina emas, eng kichik – ruboiyda ham nechog‘lik muhim o‘rin tutishini; kompozitsiya – ruboiy janri muvaffaqiyatlarini belgilovchi muhim atributlardan biri ekanini aniq asarlar tahlilida ko‘rsatib beradi. Muallifning bu yo‘nalishdagi tadqiqoti bu masalaga keng miqyoslarda ilk bor ahamiyat berish bilan bir qatorda o‘zbek adabiyotshunosligida mustaqil va chuqur fikrlay oluvchi yosh bir mutaxassis kirib kelatyoganidan nishona edi.3Deyarli yarim asrdan buyon o‘zbek mumtoz adabiyotining dolzarb muammolari va atoqli vakillari asarlarini tadqiq etish Ibrohim Haqqul ijodining markazida turadi. Ming yillik adabiyotimizning muammolari ham azamat ijodkorlar ham bisyor ekani barchamizga ma’lum.Ehtimol, birma-bir sanoqlab o‘tirish shart ham emas. Lekin tarixiy kengliklar va badiiy qudratlarni bir qur ko‘z oldimizga keltirish uchun ulardan ayrimlarini sanab o‘tish ziyon qilmas. Ular: YAssaviy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiy va boshqalar. Agar bular qatorida Boqirg‘oniy, YUgnakiy, Atoiylar ijodi o‘rganilib ularning o‘zbek mumtoz adabiyotidagi umamn o‘rni emas, xos o‘rni ko‘rsatilgan ishlari ham bor ekanini yodga olsak hamda ularning deyarli hech birida takrorlarga yo‘l qo‘ymay, shaxs va ijod masalasi turli muammolar nuqtai nazaridan ochilganini kuzatsak va bu muammolarning asar yaratilishi davridagi ahamiyat va ular haqida yozilayotgan davr bog‘lanishlari qaysi hususiyatlarda zohir bo‘lishini aniqlashga harakat qilinganini kuzatsak, Ibrohim Haqqulovning mumtoz o‘zbek adabiyotiga doir salmog‘i ma’lum qadar oydinlashadi. O‘zbek mumtoz adabiyoti orqali changi chiqib ketgan, yo‘l yurib ketaveradigan yoki kim qaerdan hoxlasa tuynuk ochib ko‘rganini baholab ketaveradigan bedarvoza dunyo emas. Uning o‘z qonuniyatlari, o‘z go‘zalliklari, qahramonlari, muammolari, mohiyatini ochib berish anchayin oson bo‘lmagan, bir-biridan farqlanadigan masalalari bor. Insoniyat tamadduni va baddiyatida o‘ziga xos mushtarakligi bilan ajralib turuvchi mustaqil bir struktura. Uni tushuntirish, uni o‘zgalarga tushuntira olish, ichki dunyosiga kirib sirlardagi omillarni aniqlab, o‘zgalarni ham baxramand qilish uchun har bir mutaxassis bu dunyoga kirish uchun o‘z eshigini topa bilishi va uni ocha bilishi kerak. Ibrohim Haqqul bu muhtasham badiiy dunyoga kirish uchun o‘z eshigini topishga va ochishga muyassar bo‘la olgan olim. Ochig‘ini aytganda, u xususiyatga arzigulik mumtoz adabiyot mutaxassislari ko‘p emas. Xo‘sh, bu xususiyatlar nimalarda ko‘rinadi degan savol tug‘ilishi tabiiydir.4O‘zbek mumtoz adabiyotining o‘ziga xos va balki, asosiy xususiyati uning bag‘ridagi tasavvufda namoyon bo‘ladi. Ana shu tasavvufning badiiy san’atlar, umuman, badiyat orqali va badiyatning dunyoqarash bilan chambarchas bog‘liqlikda zohir topish jarayonlarini aniqlash, uning samaralarini bizga ko‘rsatish, shu asnoda ijodkor qudratidagi omillarni belgilashga intilish, bir so‘z bilan, mohiyatga muhabbat Ibrohim Haqqulov ijodining bosh yo‘nalishini tashkil etadi. SHu maqsadda badiiy asarga murojaat etar ekan olim, G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband hamda boshqa ko‘pdan-ko‘p tasavvufshunos olimlar merosidan ulgu oladi, ularni o‘rganayotgan san’atkorlar ijodiga tadbiq etaroq, asarlari zamirida yashirinib yotgan sirlarni ochadi, natijada, g‘ubori bartaraf etilgan ko‘zguda huddi o‘z suratimizni ko‘rgandek va hatto, zamondoshlarimiz hatto o‘tmishdoshlarimizning siyratini, ularni to‘lqinlantiradigan ichki dunyoni ruhoniyatlarini ko‘rgandek anglagandek bo‘lamiz. SHu o‘rinda I. Haqqulovning mumtoz adabiyotga doir aksar ishlari, maqolalari tub mohiyatiga ko‘ra falsafiy va ruhoniy hislatlarni o‘ziga jo etganini ko‘ramiz. Badiiy asardagi san’at va badiyatning ham asosida dunyoqarashdagi falsafa va ruhoniyat yotadi, ayni vaqtda, deylik, shoirning dunyoqarashidagi falsafiy g‘oyalarning badiiy qarashlardan, badiiy san’atlardan oziq oladi degan xulosa keladi. SHu o‘rinda: tasavvufga munosabat Ibrohim Haqqulovga kelib hal bo‘libdimi, ungacha ham bu haqda atroflicha fikr yuritgan olimlar oz emas. Masalan, Oybekning Navoiy dunyoqarashiga bag‘ishlangan maqolasi, V.Zohidovning Navoiy g‘oyalari dunyosiga oid rus va o‘zbek tilidagi salmoqli kitoblari, A. Hayitmetovning tadqiqotlari hamda xorijdagi o‘nlab olimlarning bu masalaga oid tadqiqotlari bor ediku–deyilsa o‘rinlidir. Xuddi shu savolga javobda Ibrohim Haqqulovning mumtoz adabiyotimizni o‘rganishdagi o‘ziga xosligi namoyon bo‘ladi. To‘g‘ri, yuqorida nomlari tilga olingan olimlarimiz mumtoz adabiyotimizni o‘rganish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirdilar. Ustozlarning tadqiqotlarida ham tasavvufga oz o‘rin ajratlgani yo‘q. Lekin hamma gap shundaki, zamon zayliga ko‘ra bu masala talqinida ular muayyan nuqtaga kelib mafkuraviy cheklanish va zug‘um tufayli undan nariga o‘tolmadilar, to‘xtadilar. Mumtoz adabiyotimizning qudratini, buyukligini o‘zida namoyon etuvchi hususiyatni ko‘rsatish ochish imkoniyati bo‘lmadi. Aksincha, bu masala nuqtai nazaridan Navoiy tanqid qilindi. Tasavvuf uning ijodidagi katta kamchilik sifatida baholandi yoxud Navoiy ijodiga islomning salbiy ta’siri sifatida qaraldi. Bir so‘z bilan aytganda bu maqsad zamirida marksizmdan boshlanib, sho‘ro mafkurasiga singib ketgan qarashlar ifodasi, biz mulohaza yuritayotgan masalada Navoiy (faqat ugina emas, mumtoz adabiyotimizning ham) buyukligini pasaytirish qudratini kichkraytirish muaddaosi yotar edi. Xorijdagi aksar olimlar tasavvufga ijobiy munosabatda bo‘ldilar. Lekin ularning tadqiqotlari bu masalada birmuncha kemtik bo‘lib, ular tasavvufni ijodkorlar (xususan Navoiy)ning islomga munosabati va u bilangina bog‘liq masalalarning talqini sifatida baholadilar. Ibrohim Haqqulovning bu maslaga yuqoridagi qarashlar spektoridan farqli jihati shunda bo‘ldiki, u, birinchidan, tasavvuf shoirning cheklanmaganligini zaif tomonlarini ko‘rsatuvchi salbiy hususiyat emas, aksincha uning buyuligini va qudratini belgilovchi eng muhim omil, asos ekanligini ko‘rsatib berdi. Bunga 50 dan ortiq maqolalar 7-8 kitob, salmoqli doktorlik ishini bag‘ishladi. Ikkinchidan, mumtoz o‘zbek adabiyoti hususan, Navoiy, Mashrab, Ogahiy ijodidagi tasavvuf bilan bog‘liq g‘oyalar, obrazlarning maqsadi faqat islomiy g‘oyalarni ilgari surishdangina iborat bo‘lmay, shu bilan birga, ayni vaqtda dunyoviy g‘oyalarni ham ilgari surishga qaratilganini hayotdagi zamonaviy muammolarga javob izlash hosilasi ekanini ko‘plab asarlar tahlili asosida dalillab berdi. Bu yo‘nalishdagi muvaffaqiyatlari badiiy asardagi nazokatlarni nozik ilg‘ay bilishidan tashqari, mazkur yo‘nalishdagi falsafiy asarlarni ham chuqur o‘rganishida ko‘rinadi. Bunga uning badiiy asarlarni tadqiq etish bilangina cheklanib qolmay, Najmiddin Kubroning “Usuli asharo” hamda “Risola ilal hoym” kabi asarlaridan ayrim bo‘limlarini o‘zbek tiliga (Aziza Bektosh bilan hamkorlikda) o‘girish ishtiyoqida ham ko‘ramiz. 5Ibrohim Haqqul ming yil mobaynidagi o‘zbek mumtoz adabiyotining nomdor vakillari ijodi va muammolarini o‘rganishda salmoqli ishlarni amalga oshirdi, to‘g‘ri. Lekin, alohida Alisher Navoiy shaxsi, hayoti, ijodini o‘rganish olim faoliyatining markazida turadi desak yanglishmagan bo‘lamiz.Lekin shu o‘rinda men Ibrohimning bu masaladagi bir fikr ifodasiga bir muncha qarashimni aytib o‘tay. Navoiyni ulug‘lab ilgari surgan g‘oyalari, badiiy obrazlari yuksak mahoratni sharaflab, u “Navoiyga qaytish” iborasini ko‘p qo‘llaydi. Qator maqolalari hatto anglishmasam 2-3 kitobi shu nom bilan ataladi. SHu o‘rinda mening xotiramga talabalikmi, aspirantlikmi yillarimizda rus adabiyotining 20-yillarida aytilgan bir fikr yodimga tushadi. Rus inqilobchilari yangi tuzumni ulug‘lab, bu yo‘lda avvalgi jamiyatdagi barcha narsalardan voz kechamiz, hatto chorizm davrida qurilgan temir yo‘llarni ham qo‘porib tashlab, o‘zimizning sho‘roviy yo‘llarimizni bunyod etmog‘imiz lozim, adabiiy-madaniy hayot ham shu yo‘lni tutishimiz lozim, deb turilgan paytda, Zamyatin degan bir oqil adib chiqib “Vperyod k Pushkinu!” degan ekan. Adabiyotda hamma narsadan voz kechib bo‘lmaydi, zotan zamonamiz shoirlaridan mahorat degan narsa qayoqda-yu Pushkin mahorati qayoqda. SHuning uchun Pushkinona mahoratni o‘rganish uchun Pushkinga, u o‘tmish bo‘lsa ham qaytaylik degan ekan va bu fikrni “V peryod k Pushkina!” tarzida ifodalagan ekan . SHu ma’noda biz ham, Navoiyona mahoratga intilishimiz uchun buni unga qaytib emas “Navoiy tomon olg‘a” deb borganimiz ma’qulmi deyman. Bu gaplardan Ibrohim Haqqulovning ham tadqiqotlari, aslida unga qaytishdan ko‘ra Navoiy sari olg‘a borish yo‘nalishida. Eng asosiysi, Navoiy asarlaridagi qudrat va go‘zallik sirlarini e’tirof etish, ko‘rsatib berish ochishdangina iborat emas, shular bilan bir qatorda bu ulkan madaniy merosni bugun bilan bog‘lanishini yoritishda. Hozircha talatumli, qasir-qusur g‘ali, globallashuv jarayonlaridagi jadalliklar tufayli necha asarlardan buyon shakillanib, rivojlanib kelgan milliy, umuminsoniy qadriyatlarning nurab, yaratganga ishonib, turgan holatlarda unga zid bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p qiliqlardan o‘zini tiya olmay avj olib borayotgan sharoitlarda Navoiy asarlari, san’atkorona ifodalangan g‘oyalari, beg‘uborligi bilan hayot ajralmas ekanligi haqidagi badiiy xulosalari bizga bu talotumli zamonda nihoyatda kerakgina emas, zarurligini ko‘rsatishi, bu qarashlarning ilmiy, esestik, publitsistik tarzda ifodalanishi, zamondoshlarimiz ongu-shuuriga, hissiy kechinmalariga, bugungina emas, ertangi hayot manfaatlarini ko‘zlab taqdim etilishi –mana nimalarda ko‘rinadi Ibrohim Haqqulovning Navoiy ijodiga doir tadqiqotlarining qiymati. Agar olimning Navoiy ijodiga doir turli mutaxassislar bilan turli muammolar yuzasidan suhbatlari, chunonchi, Ergash Ochilov bilan “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnalidagi, “Ishonch” gazetasidagi A. Qodirova bilan suhbatlari ayrim aniq, bir mashhur g‘azallar tahliliga bag‘ishlangan maqolalari, “Navoiyga armug‘on” turkumidagi “Ishq va komillik” singrai kitoblari, “Tafakkur” jurnalidagi tasavvuf istilohlariga doir turkum lug‘at va boshqalar. Ibrohim Haqqulov ishlarining ilmiy ahamiyatidan tashqari amaliy qimmatga ega ekanligini ko‘ramiz. Bu borada bir g‘azal sharhi turkumidagi E. Vohidov, N.Jumaxo‘ja, B. To‘xliev va boshqalarning maqola-tadqiqot yo‘nalishidagi chiqishlari Navoiy g‘azallari mohiyatini anglash, she’rdagi san’atlar go‘zalligi qudrati va dunyoviy qarashlarning sir-sinoatini anglash jihatidan keng ixlosmandlar, o‘qituvchilar, qo‘shiqchilar talaba va o‘quvchilarga katta amaliy yordam bo‘lganini ta’kidlash o‘rinli. Bu nuqta bedilxonlik, mashrabxonlik doirasidagi madaniy qadriyatlarimizning yangi zamondagi yangi ko‘rinishlari bo‘lib ularni navoiyshunoslikda an’analari bo‘lgan yangi qadamlar sifatida baholana oladi.6Ibrohim Haqqulov faqat mumtoz adabiyot tadqiqotchisigina emas, XX asr zamonaviy o‘zbek adabiyotining muhim masalalari hamda atoqli adiblari haqida ahamiyatiga ko‘ra salmoqli fikrlarni aytgan, jiddiy maqola va tadqiqotlar yaratgan olimlarimiz sirasiga kiradi. Uning Ayniy, Fitrat, CHo‘lpon, Oybek, Abdulla Qahhor ijodiga bag‘ishlangan ishlari ana shunday. Hususan, CHo‘lpon va Fitratga doir ishlari uzoq yillar mobaynida millatchi deb qoralanib kelgan ijodkorlar asarlarini istiqlol arafalari va mustaqillik davriga kelib yangi mezonlar asosida haqqoniy bahosini berishga intilgan va bu borada dastlabki narshlarni dadil amalga oshirgan, ularning millatparvarligini namoyon etuvchi badiiy san’atlarning tagqatlamlarini ochishga kirishgan. O.SHarafiddinov, B. Qosimov, A.Aliev, E. Karimov kabi dastlabki olimlar qatorida turishga haqli ekanini ko‘rsatadi. Oybek va Abdulla Qahhor ijodi haqida ko‘p yozilgan. H. YOqubov, Izzat Sulton, Matyoqub Qo‘shjonov, Ozod SHarafiddinov, Naim Karimov, Umarali Normatov va boshqalarning kitob maqolalari mutaxassisgina emas, keng kitobxonlar ommasi, talaba va o‘quvchilarga yaxshi ma’lum. Biroq Mustaqillik arafasi va uning dastlabki yillarida sho‘rolarning deyarli barcha g‘oyalarini inkor etishga kirishib ketgan ayrim mutaxassislar Oybek, A. Qahhor, G‘ofur G‘ulom ijodidagi sho‘ro mafkurasi ta’siridagi qator hususiyatlarni inkor etishdek to‘g‘ri metodologik nuqtalarda bo‘lgani holda ular ijodi va shaxsida namoyon bo‘lgan ayrim unsurlarga, nazarimda, shoshqaloqlikka yo‘l qo‘yib, hozirjavob zamonaviy faol bo‘lishga intilib (afsuski, bu hususiyat bizga doim xos bo‘lib kelgan), Oybek va Abdulla Qahhor va ularning tengqurlari hamda zamondoshlari bo‘lgan ayrim taniqli ijodkorlarning asarlariga milliy mafkura g‘oyasidan kelib chiqib yanglish, to‘g‘ri bo‘lmagan metodologik yondashuvlarni qo‘llay boshladilar. SHu tariqa endi Fitrat va CHo‘lponlarning avvalda millatchilik namunasi deb baholangan asarlarini ko‘klarga ko‘tarish, yangi zamonni kuylagan asarlarni esa deyarli batamom sho‘ro mafkurasi uchun xizmat qilgan asarlar sifatida baholashga o‘tildi. Bunday qarashlarning ratsional mag‘zi noto‘g‘ri emas edi. Lekin bu qarashni metodologik mezonga aylantirishga urinish, ularning mualliflari– o‘zlari ham sezmagan ravishda xafvli edi. Bunga amal qilingudek va u rivojlangudek bo‘lsa XX asrning deyarli etmish yilida yaratilgan va xatto, aksar mashhur asarlarimizdan deyarli voz kechishga to‘g‘ri kelib qolar edi. Olim markazdagi siyosatdonlar xuddi shunday bo‘lishini kutishgan va xohlashgan edi. 20-30 yillarda (undan keyin ham) Qodiriy, CHitrat, CHo‘lpon va ularga hamnafas ijodkorlarni millatchilikda ayblab, gij-gijlab xalq bilan ular o‘rtasida tafriqa uyg‘otgan bo‘lsalar, endi istiqlol arafasi va mutaqillikning dastlabki yillariga kelib, yana shu uslubni qo‘llamoqchi bo‘ldilar. “Paxta ishi”, “O‘zbek ishi” shularning qattol dastlabki ko‘rinishlari edi. SHu hodisaning ijtimoiy-siyosiy, adabiy-madaniy hayotdagi uchqunlari ko‘rina boshladi.Lekin bu jarayonni to‘xtatish kerak edi. Uni to‘xtatish esa (to‘xtamaslik ham) o‘z qo‘limizda edi. So‘ngi 50 yil mobaynidagi adabiyotimizda, uning atoqli vakillari ijodida sho‘ro mafkurasi tamg‘alarining izini inkor etmagan holda, ularning asarlari tom ma’nodagi millatparvarlik, xalqchillik, oddiy mehnatkashlar hayoti, turmushi, orzu-umidlari aks etganini ko‘rsatib, buni isbotlab berish, boshqacha aytganda, ularning nomini ham asarlarini ham saqlab qolish muhim edi. Ana shunday fidoiy millatparvar, eng asosiysi siyosiy-ijtimoiy jihatdangina emas badiiy adabiyotning sir-asrorlarini ham, konkret asarlarimizda jo bo‘lgan mahoratda ko‘rinuvchi hususiyatlarini ham yaxshi biladigan, mulohazalari, mushohadalariga ko‘plarni ishontira oluvchi va o‘ziga ergashtira biluvchi adabiyotchi, adabiyotshunos, tanqidchilarga yurt va el muhtoj edi. Bu yo‘llarda kattagina tajribaga ega bo‘lgan Ozod SHarafidinov, Erik Karimov, Begali Qosimov, Naim Karimov, Umarali Normatovlar qatorida Ibrohim Haqqulov ham bor ekani, ularning peshqadamlaridan biri bo‘lgani barchamizga ayon deb o‘ylaymayman. Bu gaplarning I. Haqqulov qalamiga mansub Oybek va Qahhor haqidagi maqolalarga nima daxli bor demang. Aynan shu – Qahhor va Oybeklar ijodidagi sho‘ro mafkurasi izi bo‘lganidan qat’iy nazar bu adiblar ijodiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga da’vat etgan, asarlardagi sho‘roviy nuqtani ko‘pirtiravermaslikka chaqirgan, asarga uning mohiyati va asl maqsadining badiiy zohir bo‘lishi nuqtai nazaridan baholash namunasi ko‘rsatganlardan biri Ibrohim Haqqulov bo‘ldi. Uning 80-yillar o‘rtasidan 90-yillar davomigacha mumtoz adabiyotni o‘rganishga e’tibor berishdan tashqari Oybek va Qahhorga e’tibor qaratilishining kuchayuvi xuddi ana shu– davr talabi bilan belgilangan. Agar yanglishmasam, Bualoning “she’riy san’at” nomli mashhur asari tarjimasiga bag‘ishlangan maqolasidagi fikrlar va xulosalar uning Oybek va Qahhor asarlarini baholashda juda asqotdi. Uning “Abdulla Qahhor jasorati” (2004) nomli kitobini, “Oybek shaxsiyati va she’riyatiga doir” (2005) maqolasidagi fikrlarda ana shu hususiyatlarni ko‘raman. Nazarimda ularning zamirida 90-yillar davomida pishib borgan qarashlar yotadi. Ayniqsa, “Sarob shaxs fojeasi” (2007) maqolasidagi qarashlar bu asar mohiyatini anglashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. XX asrning 20-yillarida Rossiyada yosh, yangi avlod vakillari kirib kelgan ijodiy muhit yuzaga keldi. Bu avlod – S.Esenin, R.Mandelshtam, M.Svetaeva, A.Leliыy, V.Mayakovskiy kabi iqtidorlardan borat edi. SHunga o‘xshagan muhit bizda 70-yillardan 90-yillargacha, 20-25 yil davom etdi.Ibrohim Haqqulov haqida gapirilar ekan uning ijodi va faoliyatini yana muhim bir faktor bilan bog‘lab o‘rganimaslik mumkin emas. Bu 70-yillar o‘rtalaridan boshlab taxminan 25 yil mobaynida shakillanib borgan yangi avlod ijodiy muhiti. Bu muhitning aksar vakillari bugungi adabiyotimizning ustunlari bo‘lmasa ham zabardast vakillari. Ular ichidan qanchadan-qancha xalq shoirlari, xalq yozuvchilari etishib chiqdi. Ibrohim ana shu muhitning, ana shu avlodning eng faol a’zolaridan biri edi. Mana shu muhitning nazariy jihatdan etiliida, adabiyotning nozikligini, sir-asrorlarini bilishda, talqin qilishda – Xurshid Davron, Usmon Azim, Erkin A’zam, Hayriddin Sulton, SHavkat Rahmon, Xurshid Rahmon, Tilak Jo‘ra, Miraziz A’zamov kabi yoshlar unga quloq solardi, ular nazariy jihatdan ko‘p ta’sir qilgan. Provardida, XX asrning so‘nggi yillarida ular haqida suhbatlar o‘tkazdi, ular haqida maqolalar yozdi, ijodini tahlil qildi. Bugungi o‘zbek adabiyoti, mutaqillik davri adabiyotining shakllanishida, qaror topishida mana shu avlodning o‘rni katta, bu muhitning faol a’zosi bo‘lgan Ibrohim Haqqulning ham roli katta. Ana shu suhbatlarda dastaval ularning ustozlari bo‘lgan Abdulla Oripov ijodi (“YUzma-yuz” to‘plami, “Hakim va ajal” dostoni), Rauf Parfi ijodi (“Sabr Daraxti” to‘plami), Miraziz A’zam ijodi haqidagi, ayniqsa, ularning ijodida aks etgan milliy istiqlol g‘oyalarining badiiy adabiyotda, xususan, proza va poeziyada aks etishi go‘zal, teran, uychan faylasufona taqriz, maqolalar va suhbatlaridan so‘ng, nainki yosh ijodkorlar, balki adabiyotimizning askar katta-kichik namoyandalari ham o‘zlari haqida Ibrohim Haqqulov biror bir fikr aytishini, ijodiga munosabat bildirishini ko‘ngillariga tugib qo‘yyadigan bo‘ldilar. 7Ibrohim Xaqqulovning so‘ngi yillarda amalga oshirgan ishlari haqida gap borar ekan, uning XXI asr boshlarida e’lon qilingan “Taqdir va tafakkur”, “Meros va mohiyat” singari salmoqli kitoblaridan tashqari, ayniqsa, O‘zbekiston xalq shoiri bilan hamkorlikda amalga oshirgan ishlarini va xususan, V. SHekspirning o‘zbek tilidagi uch jildligiga yozilgan “SHekspir mash’ali”, Mavlono Jaloliddin Rumiy olti jildligiga yozilgan “Millati ishq barcha dinlardan judo...” Abdurahmon Jomiy “Saylanma”siga yozilgan “Gul va ma’no sarboni”, Faridduddin Attotorning “Mantiq ut-tayr”iga yozilgan “Navoiyni maftun aylagan kitob” – singari so‘z boshi va so‘ngi so‘zlarni alohida ta’kidlash zarur. Jamol Kamolning jahon adabiyotida hodisa sifatida baholanuvchi ishi – forsiydan Rumiyning 6 jildlik “Masnaviy”sini va ingliz tilidan V. SHekspirning asarlarini asliyatdan tarjima qildi. Ibrohim Haqqul esa mana shu tarjimalarga, mana shu shoirlarning ijodiga, hayotiga, dunyo qarashiga baho beradigan katta-katta, jiddiy “maqola-tanqid”lar yaratdi. Men bu “maqola-tanqid”larni o‘zbek adabiyotida hodisa deb o‘ylayman. Jamol Kamolning tarifga sig‘dirish nihoyatda qiyin bo‘lgan bu tarjimalarga esh bo‘lgan Ibrohim Haqqulovning bu ulug‘ asarlar haqida chuqur ilmiy mushohadalari, o‘ylaymanki, birlashib XXI asr adabiyoti tongidagi muhim hodisalar bo‘ldi.O‘zbek adabiyoti tarixida ham, o‘zbek adabiyotining kechagi kunida ham ijodiy tandem bo‘lgan emas. Ma’lum darajada Oybek – M.Qo‘shjonov, A.Qahhor – O.SHarafuddinov, O‘.Hoshimov – A.Rasulovlar tandemi bor edi. Lekin tom ma’nodagi ijodiy tandem ma’nosida, bir-birini tushunish, bir-birini qadriga etish, qilgan mehnatini baholash va uni baholay olish iborat, ham tarjima jarayoni, ham tanqidchilik jarayoni mavjud bo‘lgan ijodiy tandem bir joyda tutashdi. Bu jarayon o‘zbek adabiyoti, adabiyotshunosligi va tanqidchiligidagi so‘nggi bosqichdagi muhim, xarakterli hodisa sifatida baholash mumkin. 2019 yil, 3 mart.ZiM.Az. Muəllif huquqları qorunur. Məlumatdan istifadə etdikdə istinad mutləqdir.